www.asror.saflor.uzserver, protokol va internet xizmatlari
Internetdan
unumli foydalanish uchun, dastlab, uning tuzulishini tasavvur qilish
kerak. Internet – millionlab ishlab turgan, butun dunyo bo`yicha
joylashgan va har xil aloqa vositalari yordamida yagona tarmoqqa
birlashgan kompyuterlar. Internetga bog`langaningizda mana shu
millionlab kompyuterlarda joylashgan ma`lumotlardan foydalana olasiz.
Buning uchun kerakli kompyuterning manzilini kiritsangiz bir necha
vaqtdan keyin istagan ma`lumotni olishingiz mumkin. Masalan:
Hindistonning bir joyida joylashgan yangi musiqani tortib olib,
eshitishingiz.
Internet haqida aniq tasavvurga ega bo`lishingiz uchun asosiy tushunchalar bilan tanishish lozim.
Server
Tarmoqqa ulangan, doimiy ishlaydigan va tarmoqning
turli xizmatlarini bajaradigan kompyuterga SERVER deyiladi. Server
tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga
uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni
mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi.
Ularning serverlari internetga kirihs darvozalari hisoblanadi.
Server protsessorlari.
Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi.
Ajratilgan server. Yirik kompaniyalar
ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq
xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus
dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni
ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar
internetga chiqa olishadi.
Virtual server. Kecha-yu kunduz internetga
ulangan kompyuterni ishlatish oddiy foydalanuvchiga qimmatga tushadi.
Shuning uchun ular boshqa serverning xotirasidan bo`sh joyni ijaraga
olishadi va virtual serverga ega bo`lishadi. Bu xuddi o`zingizning
internetda vakolat xonangizga o`xshaganday. Albatta, foydalanuvchi
jismoniy server bilan foydalanish huquqiga ega bo`lmaydi, lekin tarmoq
orqali virtual serverga kirib, kerakli ma`lumotlarni yozib qo`yishi
mumkin. Keyin tarmoqqa kiritilgan ma`lumotlarni boshqa foydalanuvchilar
kecha-yu kunduz o’qishi mumkin.
Odatda, bunday xizmatni provayderlar ko’rsatadi va uni "xosting" (inglizcha - hosting) deb atashadi.
Serverdagi xosting xizmatlari ikki xil bo’ladi: pulli va bepul. Pulli
xosting xizmatlarga boy va tez ishlaydi, bepulida esa xizmat turlari
kam, ishlash tezligi past va saytingizda o`zgalarning reklamalari paydo
bo`lib turadi. O`rganishga bepul xosting bo’laveradi, lekin jiddiy
loyihalar uchun pulli serverlar zarur.
Proksi-server. Proksi-server – foydalnuvchi
va internet orasidagi maxsus vositachi dastur. Uni ishlatish shart
emas, lekin bu dastur yordamida web sahifalarining yuklash jarayonini
tezlashtirish mumkin. Proksi-server Internetdan ko`p ko`radigan
sahifalarni qattiq diskdagi omborga saqlaydi va yana shu sahifalar
so`ralganda Internetdan emas, balki xotirasidan ko’rsatadi.
Odatda, proksi-server ajratilgan serverga o`rnatiladi va tarmoq
xizmatlarini ham bajaradi: mahalliy tarmoq kompyuterlarini Internetga
ulaydi. Tarmoqdagi kompyuterlar internet so’rovlarini ajratilgan
serverga uzatishadi, serverda esa proksi dasturi so’rovlarni internetga
chiqaradi va tashqaridan kelgan ma’lumotlarni tarmoq kompyuterlariga
yetkazib beradi. Yana proksi dasturi yordamida kompyuterlarning
tarmoqdagi ish jarayonini boshqarib, kuzatib turish ham mumkin.
Ajratilgan server.
Protokol
Har xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq
aloqasi jarayonida bir- birlarini tushunish uchun maxsus texnik
qoidalar qo`llaniladi. Tarmoq sohasida bunday qoidalar to`plami
protokol (bayonnoma) deb ataladi. Hozirgi kunda eng ko`p
qo`llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. Bu protokol funksiyasini oddiy
pochta xizmatiga o`xshatsa bo`ladi. Agar siz xatni jo`natmoqchi
bo`lsangiz, uni konvertga joylashtirasiz, konvert ustiga jo`natuvchi va
qabul qiluvchi manzillarni yozasiz va keyin pochta qutisiga tashlaysiz.
Xatingiz qanday qilib manzilga yetadi, qaysi pochta bo`limlarida
bo`ladi, qaysi pochtalyon olib boradi sizga farqsiz. Asosiysi xat tez
va butun yetib borishi. Huddi shunday TCP/IP protokoli tarmoqda
ishlaydi. Jo`natiladigan ma`lumot paketga joylashtiriladi va paketga
jo`natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa
uzatiladi. Shunday qilib tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo’l
ko’rsatadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab eng qisqa
yo`llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli
manzilga yetkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi ma`lumotni yetkazish
vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o`lchanadi.
Tarmoqning uzatish yo`llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli
katta hajmli ma`lumotlarni kichik qismlarga bo’lib, alohida paketlarda
uzatadi. Har bir paket internetda IP protokol xizmati yordamida alohida
sayohat qiladi. Paketlar manzilga yetgach, TCP protokoli bo`lingan
ma`lumotni yig`adi va boshlang`ich holatiga keltiradi. Agar qandaydir
paket manzilga yetib kelmasa, TCP protokol uni takroran jo`natishni
talab etadi, toki ma`lumot butun yetib kelmagungacha. Shuning uchun
TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.
Aslida, TCP/IP – bu protokollar oilasi hisoblanadi. Unnig ichida bir necha boshqa protokollar ham mavjud:
* UDP (User Datagram Protokol) – TCP protokoliga
o`xshash, lekin ishonchsiz (paket yetib borganini e`tiborga olmasdan
ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda ishlaydigan jarayonlarda,
masalan, videokonferensialarda va tarmoqning maxsus xizmatlari uchun
qo’llaniladi.
* FTP (File Transfer Protokol) – bu fayllarni tarmoqda uzatish
protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini
yaratadi va o`zining ishida TCP protokoliga tayanadi.
* SMTP (Simple Mail Transfer Protokol) – elektron pochtaning uzatish
sodda protokoli. Tarmoqning ikkita ihtiyoriy nuqtasi orasida pochta
jo`natuvini ta`minlaydi.
* Telnet – masofadagi kompyuterlarda har xil amallarning bajarilishini
ta`minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri terminal (ma`lumot
jo`natuvchi) rolini o`ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular
masofadagi kompyuterda bajariladi va sizning ekraningizda ularning
natijasi namoyon bo`ladi.
* HTTP (Hyper Text Transfer Protokol) – gipermatnni uzatish protokoli. WWW – texnologiyasi asosida ishlaydi.
Bundan tashqari, ko`plab, boshqa protokollar ham
mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak
bo`lsa maxsus adabiyotlardan ular haqida ma`lumot olish mumkin.
Internet xizmatlari
Internet fazosida juda ko`p serverlar mavjud va ular
o`zaro aloqa yo`llari bilan bog`langan. Serverlarni shaharlarga
o`xshatsak, aloqa tarmoqlari esa shaharlararo yo`llarga o`xshaydi.
Shaharlararo yo`llar orqali har xil katta va kichik yuklarni jo’natish,
tashish, qabul qilish mumkin. Yuk tashishda turli mashinalar xizmatlari
mavjud, masalan: taksi, avtobus, yuk mashinasi va hokazo. Shunga
o`xshab internetda ham har xil xizmatlar mavjud.
E-mail.
Elektron pochta (elektronic mail) Internetda eng ko`p tarqalgan
xizmatlardan biri. Bu oddiy pochtaga o`xshaydi, faqat jo`natiladigan
xabarlar elektron ko`rinishda bo`ladi va quyidagi afzalliklarga ega:
* elektron xat masofadan qat`iy nazar bir necha soniyada manzilga yetib boradi.
* Internetda elektron xizmat bepul, foydalanuvchi faqat internetda vaqt
o`tkazgani yoki trafik (ma’lumot tortgan hajmi) uchun to`laydi.
* elektron xabarlarga boshqa turli fayllarni qo`shish mumkin. Masalan: rasmlar, musiqa,video va hokazolar.
* elektron manzillar oddiy pochta manzillariga qaraganda qisqa va aniq.
* kelgan va jo`natilgan xatlarni saqlash, saralash va boshqa xizmatlari mavjud.
Foydalanuvchiga ma’lumot to’g’ridan-to’g’ri emas, balki oraliq elektron
quti yordamida yetkaziladi. Elektron quti serverda joy hosil qilib,
foydalanuvchi pochtasini saqlaydi. Pochtani olish uchun egasi nomi
(login) va maxfiy so’zi (password) yordamida serverga ulanib, elektron
qutidan maktublarini oladi. Serverga kirish maxsus kliyent dasturlari
(Outlook, The Bat va boshqalari) yoki veb brauzerlari orqali amalga
oshiriladi.
Elektron qutini veb brauzerlari orqali bepul ochish va foydalanish quyidagi manzillar bo’yicha mumkin:
1) http://gmail.com
2) http://mail.ru
3) http://doda.uz
Gmail.com
FTP
Yuqorida ko`rilgan protokol kabi FTP nomli xizmat, tarmoqda bitta
kompyuterdan ikkinchisiga fayllarni uzatish uchun qo`llaniladi.
Uzatiladigan fayllar formati ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Tarmoqdan
kerakli fayllarni olish uchun masofadagi FTP serverga ulanish zarur.
Serverga kirish ikki xil bo`ladi: nom va maxfiy so`z yordamida yoki
nomsiz (anonymous). Agar sizga foydalanuvchining nomi va maxfiy so`zi
ma`lum bo`lmasa, unda nomsiz ulananish mumkin, lekin bu holda, server
xizmatlaridan to’la foydalana olmasligingiz ehtimoli mavjud.
FTP xizmati bilan foydalanishni xodimlarsiz kutubxonaga o`xshatish
mumkin, chunki serverdagi fayllarni ko’rish huddi kutubxonaning
tokchadalardagi kitoblardan keraklisini qidirishga o’xshaydi:
kerakligisini topish uchun navbatma-navbat, bittadan ko’rib chiqish
kerak.
FTP jarayoni.
Usenet yoki konferensiyalar
Usenet – muloqot va fayllarni tarmoqda nashr qilish
kompyuterlar tarmog’i. Bu tarmoq 1980 yilda, hali Internet ommaviy
bo’lishdan oldin paydo bo’lgan va hozirgi kunda Umumjahon tarmoqning
bir qismiga aylanib qolgan. Usenet yangilik guruhlaridan tashkil topib,
foydalanuvchilar ularga xabarlar (ingl.: posts) yozishi mumkin.
Xabarlar ko’plab serverlarda saqlanadi va ular yangiliklarni bir-biriga
uzatib, almashtirib turishadi. Internetda ommaviylashgan nik, smayl,
moderator, trolling, fleym, ban, FAQ va spam kabi tushinchalari ayni
konferensiyalarda paydo bo’lgan.
Hozirgi kunda o’n minglab konferensiyalar mavjud va
ularda turli sohalar bo’yicha fikr almashuv guruhlari tashkil qilingan.
Bu majlislar hayotda umuman uchrashmaydigan, butun dunyo bo’yicha
foydalanuvchilarni bog’lab, turli mavzular bo’yicha fikr va ma’lumot
almashtirishga yordam beradi. Har bir foydalanuvchi majlisda
qatnashishi, savol berishi, javob yozishi mumkin. Savollar turlicha
bo`lishi mumkin, asosiysi majlis mavzusiga to`g`ri kelishi kerak.
Bundan tashqari, hayotiy majlisga o`xshab jamoat joylardagi
tartib-intizomni saqlash lozim: birovlarni so`kmasdan, haqorat
qilmasdan, chiroyli so`zlashish kerak.
Konferensiyalar jarayoni elektron pochtaga o`xshaydi,
faqat pochtada muloqot „birga-bir" mo’ljallangan bo’lsa,
konferensiyalar ma’lumotni tarqatishda „birga-ko’p" g’oyasida ishlaydi.
Odatda, majlisda fikr almashuvi uzoq vaqt mobaynida davom etadi,
masalan, bir kuni savol yozib, javobini boshqa kuni olish mumkin.
Internet hayotida konferensiyalar juda katta ahamiyatga ega. Tarmoqning
yangi g’oyalari ayni konferensiyalarda tug’ilib, tahlil qilinib hayotga
tadbiq qilinishi boshlanadi.
Konferensiyalar xizmati pulli va bepul bo’ladi. Bepul
xizmatidan foydalanish uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:
Google Groups (http://groups.google.com). Kimda kim o’zbek ochiq
dasturiy ta’minot bilan qiziqsa
http://groups.google.com/>groupfloss-uz-l10n manzilini tavsiya
etishimiz mumkin.
IRC
Kompyuterlar yordamida so‘zlashish.
IRC (ingl.: Internet Relay Chat – eshittiradigan
internet suhbat) – Internetning boshqa odamlari bilan real vaqtni
o’zida suhbat qilish xizmati.
Chat foydalanuvchilari faqat Internetga ulangan holda so`zlashishadi va
konferensiyalardan farqli savolga javob joyida, o’sha vaqtni o’zidayoq
olinadi. Birinchi chatni 1988 yili finlandiyalik student Yarkko
Oikarinen (Jarkko Oikarinen) yaratgan.
Yarkko Oikarinen
IRC serverlardan tashkil topib, ular o’zaro
bog’langan bo’lishi mumkin. Ulangan serverlar majmui IRC tarmog’ini
hosil qilib, hozirda, dunyoda o’nlab tarmoqlar mavjud. Eng mashhurlari
IRCNet va EfNet. Bu tarmoqlarda ishlash uchun maxsus klient dasturi
kerak, masalan, Windows operatsion tizimi uchun mIRC dasturi. Albatta,
Umumjahon tarmoqning chatida asosiy suhbat tili – ingliz.
Chat serverlarida suhbatlashish kanallari mavjud. Kanallarni alohida
xonalarga o’xshatish mumkin. Kimdur gapirsa, uni xonadagilar barchasi
eshitadi. Kanallar nomlangan bo’ladi va nomi, odatda, suhbat mavzusini
bildiradi (masalan: #linux, #quake).
Uzbekiston chatlarida suhbatlashmoqchi bo’lsangiz,
maxsus dasturlarsiz, web-brauzer yordamida www.chat.uz -ga kirishni
tavsiya qilish mumkin. Farg’ona Internet foydalanuvchilari bilan
suhbatlashmoqchi bo’lsangiz: http://chat.simus.uz -ga yoki
http://fargonadan.biz/for>um -ga kiring.
Chat.uz
WWW
WWW (World Wide Web) – butun jahon tarmog’i. Ayni mana shu xizmat
Internet bilan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW
asosida to`rtta poydevor mavjud:
1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli).
2. Gipermatn.
3. Hujjatlarni ko`rish uchun maxsus dasturlar.
4. Yagona manzilni ko`rsatish tizimi.
Hujjatlarning yagona formati (shakli).
Internetda barcha hujjatlar HTML (Hyper Text Markup Language –
Gipermatnni belgilash tili) formatida tuziladi. HTML yordamida yozilgan
hujjatlarni web-hujjat yoki web-sahifa deb atashadi. Birorta
foydalanuvchi yoki tashkilotga qarashli bo`lgan, bir-biriga bog`langan
web-sahifalar to`plami SAYT deb aytiladi.
Aslida web-sahifa oddiy matndan iborat va uning fayl kengaytmasi
"*.htm" yoki "*.html" bo`ladi. Matnning o`lchamini, rangini, shaklini
o`zgartirish uchun HTML teg (belgi)lari qo’llaniladi. HTML teglari
yordamida sahifaga rasm, video o`rnatish, orqa fon (ko`rinish),
musiqaviy ijro va yana ko`p narsalar qo`shish mumkin. Natijada, oddiy
matn chiroyli va qulay ravishda taqdim etiladi.
Gipermatn.
WWW xizmatining eng inqilobiy qismi gipermatn orqali umuman
klaviaturaga tegmasdan, faqat sichqonchaning chap tugmasini chertish
yordamida Internetda sayohat qilish mumkin. Gipermatnning asosiy
elementi giperko`rsatkich – tarmoqdagi boshqa hujjatga ko`rsatkich
bo’lib, ular ikki xil: matn va grafik. Ko’rsatkichni aniqlash uchun
web-sahifa ko’rilyatganda sichqoncha belgisi "qo`l" ko`rinishiga
o`zgarsa, demak sichqonchaning tagidagi element giperko`rsatkichdir.
Matn ko`rsatkichlar, odatda, oddiy matnlardan ajralib turishi uchun,
tagida chiziqchali va boshqa rangda bo`yaladi.
Matnli giperko’rsatkich
Grafik ko’rsatkich.
Giperko`rsatkichga chertsangiz, huddi sehrli ravishda
boshqa sahifaga o`tasiz. Hech qanday sahifaning manzilini, hech qayerga
kiritish shart emas, chunki giperko`rsatkich barcha kerakli ma`lumotga
ega.
Brauzer web-sahifalarni ko`rish dasturi.
Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo`yicha
ma`lumotni ekranga chiqaradi. Teglar, o`zlari, ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.
Internet Explorer, Opera, FireFox belgilari.
URL manzili.
Brauserlar yordamida dunyoning barcha web-hujjatlarini ko`rish uchun
Internetdagi har bir hujjat takrorlanmas manzilga ega bo`lishi kerak.
Mana shunday xususiyatga ega bo`lgan manzil URL (Uniform Resource
Locator) – resursga universal ko`rsatkichdir.
URL -ni umumiy ko`rinishi quyidagicha:
Protokol://Domen manzili:Port/Yo`l.
* Protokol – kerakli Internet bayonnomasi. Eng ko`p
qo`llaniladigan texnologiya – http, gipermatnli ma`lumotni uzatish
bayonnomasi. Yana, tarmoqda ko’p ishlatiladigan protokollaridan biri –
ftp, fayllarni uzatish bayonnomasi.
* Domen manzili (domain address) – internetdagi kompyuterning manzili.
Uni yana domen nomi (domain name) yoki internet tarmog`ining tugun nomi
(host name) deb atashadi.
* Port – odatda, aniq berilmaydi va ko`rsatilmagan holda :80 deb qabul
qilinadi. Kompyuterda ma`lumotni uzatish va qabul qilish uchun maxsus
mantiqiy bandargohlar mavjud. Bu bandargohlar takrorlanmas raqamalarga
ega bo`ladi. Masalan, http-protokoli bo`yicha barcha dasturlar
ma`lumotni qabul qilish uchun 80-raqamli portga murojaat qilishadi,
fayllarni ftp-protokoli bo’yicha uzatishda 20,21 raqamli portlari
qo’llaniladi.
* Yo`l – serverdagi faylgacha manzil yo’li.
Domen manzili.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko`rinishi quyidagicha:
www.asror.saflor.uz
Namunadan ko`rinib turibdiki, kompyuter manzili bir
necha qismlardan iborat. O`ng tomondan manzilning birinchi qismi
(namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi
(namunada saflor) – ikkinchi sathi va hokazo.
Internetda manzillar ko`p qavatli domen tizimiga qurilgan. Birinchi
sath, umumjahon mavzular yoki geografik joylar boyicha nomlanadi.
Masalan: mavzular bo`yicha bo`lingan domenlar quyidagicha:
* com (commercial) – tijorat tashkilotlar;
* org (organization) – notijorat tashkilotlar;
* edu (educational) – ta`lim tashkilotlari;
* mil (military) – harbiy tashkilotlar;
* gov (goverment) – davlat boshqaruv tashkilotlari;
* net (network) – tarmoqlar.
Geografik domenlar odatda ikki harfdan iborat:
* ru – Rossiya;
* ua – Ukraina;
* uz – O’zbekiston;
* ca – Kanada;
* us – AQSH.
va hokazo.
Tarmoqdagi IP-manzillar.
Domenli manzillar foydalanuvchilarga qulay bo`lishi
uchun ixtiro qilingan. Aslida, kompyuterlar o`zaro IP-manzillar bilan
ishlashadi. IP-manzil – aynan o`sha domen manzilini o`zi, faqat
raqamlar yordamida aks ettirilgan ko’rinishi. IP-manzil namunasi:
213.180.199.11 ga o`xshash bo`ladi. Demak bunday manzil to`rtta
raqamdan iborat bo`lib, ular 1 dan 254 gacha bo`lishi mumkin (0 va 255
tarmoq xizmatlari uchun saqlab qo`yilgan). Butun jahon tarmog`ida
IP-manzili bo`yicha domen manzilini aniqlash uchun domen nomlarining
xizmati – Domain Name Service (DNS) mavjud. DNS serverlari kerakli
manzillarni topish uchun maxsus moslashtiruvchi jadvallar yuritishadi.
Bu jadvallarda IP-manzilga mos domen manzil saqlanadi.
IP-manzilni domen manzilga o`xshab brauzer oynasiga
kiritsa, brauzer kerakli sahifani topib, yuklaydi. Ixtiyoriy
kompyuterning IP-manzilini topish uchun Windowsning buyruqlar
satrini("Пуск-Выполнить") ishga tushurib, masalan, quyidagicha
topshiriqni kiritsa:
ping www.yandex.ru
ekranga chiqqan natijada IP-manzilini ko`rish mumkin:
Обмен пакетами с www.yandex.ru [213.180.216.200]…
213.180.216.200 raqamlar yandex.ru serverini IP-manzili bo’ladi.
IP-manzillar ikki xil bo`lishi mumkin: dinamik
(o`zgaruvchan) va statik (o`zgarmas). Oddiy foydalanuvchilarga
o`zgaruvchan IP-manzillar beriladi. Ular Internetga ulanishganda
provayder o`zining sotib olgan IP-manzillarini tejab ishlatish
maqsadida foydalanuvchiga bo`sh IP-manzilini taqdim etadi. Boshqa safar
foydalanuvchi Internetga ulanganda, provayderning IP-manzillar
to’plamidan yana bo’sh IP-manzili taqdim etiladi va bu avvalgi olgan
IP-manzilidan ko’ra boshqacha bo’lishi muqarrar. Statik IP-manzilni
ishlatish uchun uni sotib olish kerak. Bu holda kompyuter tarmoqqa
ulanganda doimiy, o`zgarmas manzilga ega bo`ladi. Bunday IP-manzillar
web sayt yoki web server yaratuvchilar uchun kerak bo`ladi.
А так же :
Vatan madhi – oliy sharaf
Виссарион Белинский
Валерьян Полянский Белинский Виссарион Григорьевич (1811–1848) — великий русский литературный критик. По своему происхождению Б. — разночинец. Р. в Финляндии, в Свеаборге; отец его — флотский врач. Детство протекло в глухом городишке Чембаре, Пензенской губ. Прямота и резкость отца, бешеный нрав матери, религиозный экстаз деда-священника, подвижника и аскета, сильно повлияли на складывающийся характер «неистового Виссариона», страстного и упорного искателя правды жизни.
Муфтий ЧР выразил критику по поводу сделанного заявления главным имамом Соборной ...
Сантехническое оборудование: новости рынка
The instruction set is highly orthogonal and is grouped into three basic catagories:
Moscow
In March of 1918 Moscow became the capital. The supreme organs of state power and many central institutions moved to Moscow from Petrograd. It was extremely difficult in the years of the Civil war to see the image of a new city in deserted and unheated Moscow. The rapid growth of Moscow's population occurred during the twenties and thirties, in 1931 work began to develop the Master Reconstruction Plan of Moscow, a plan which many people abroad considered to be vain dream.